logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya Superligasi: Shomurodov va Fayzullaev gol urgan o'yinda «Bashakshehir» yirik g'alabaga erishdi

 10 MAY, 2026, 00:36

Turkiya chempionatining 33-turi doirasida Istanbulning «Bashakshehir» jamoasi o'z maydonida «Samsunspor» klubini qabul qildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev harakat qilayotgan ushbu klub navbatdagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuv maydon egalarining to'liq ustunligida o'tdi va 3:0 hisobidagi yirik g'alaba bilan yakunlandi. E'tiborlisi shundaki, o'yin taqdirini hal qilgan gollardan ikkitasiga aynan o'zbekistonlik legionerlar mualliflik qilishdi.

Uchrashuvning bor-yo'g'i 6-daqiqasidayoq Eldor Shomurodov penaltidan hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Tajribali hujumchi o'yinni asosiy tarkibda boshlab, uni to'liq o'tkazdi va o'zining faol harakatlari bilan raqib himoyachilariga katta qiyinchilik tug'dirdi.

O'yinning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan iste'dodli yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. U 78-daqiqada raqib darvozasini aniq nishonga olib, yakuniy hisobning yirik ko'rinish olishini ta'minladi. Shuningdek, «Bashakshehir»ning yana bir goliga 43-daqiqada Sari mualliflik qildi.

Turkiya Superligasi. 33-tur
«Bashakshehir» – «Samsunspor» — 3:0
Gollar: Shomurodov (6), Sari (43), Fayzullaev (78).

Ushbu g'alabadan so'ng «Bashakshehir» ochkolari sonini 54 taga etkazib, turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarilib oldi. «Samsunspor» esa 48 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ