Mourino o'zining «bashoratchilik» qobiliyati haqida: «Dzanolo gol urishini oldindan aytgandim»
9 MAY, 2026, 23:54
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino sobiq shogirdi Nikolo Dzanoloning u haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Avvalroq «Roma»ning sobiq a'zosi Mourinoni o'yinlar rivojini oldindan ko'ra bilish qobiliyatiga ega ekanini ta'kidlagan edi.
«Deyarli shunday. Konferentsiyalar ligasi finalida «Feyenoord»ga qarshi bahs oldidan Dzanolo g'alaba golini urishini bashorat qilganim yodimda. Yakunda hammasi men aytganidek bo'ldi», — deya Mourinoning so'zlarini keltirmoqda Goal portali Sport Week nashriga tayanib.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi Konferentsiyalar ligasi finalida «Roma» Dzanoloning yagona goli evaziga «Feyenoord»ni mag'lub etib (1:0), bosh sovringa ega chiqqan edi.
