logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Affengruber uchun «MYu», «Milan» va «Yuventus» kurash boshlamoqda

 9 MAY, 2026, 23:12

Ispaniyaning «Elche» klubi sharafini himoya qilayotgan avstriyalik himoyachi David Affengruber transfer bozorida katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda insayder Florian Plettenberg o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar tarqatdi.

25 yoshli futbolchining xizmatlariga «Manchester Yunayted», «Milan», Turinning «Yuventus» klubi, shuningdek, Madridning «Atletiko» va «Sevilya» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozirda futbolchining bozor qiymati 9 million evroga baholanmoqda.

Affengruberning «Elche» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda avstriyalik himoyachi La Liga doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi. Shuningdek, u mavsum davomida 6 ta sariq va bitta qizil kartochka olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ