logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Krishtianu Ronalduning o'g'li Evropa klublari e'tiborida

 9 MAY, 2026, 22:18

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'g'li faoliyatini yana Evropada davom ettirishi mumkin. The Sun nashrining xabar berishicha, kichik Ronalduga Lissabonning «Sporting» va Dortmundning «Borussiya» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 15 yoshli futbolchi faoliyatini Evropa klublarida rivojlantirish istagida. U bungacha «Yuventus» va «Manchester Yunayted»ning yoshlar jamoalarida o'ynab, katta tajriba to'plagan edi.

Avvalroq, «An-Nasr» rahbariyati kichik Ronalduni kelasi mavsumdan boshlab asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, 2010 yilning iyun oyida tug'ilgan kichik Krishtianu 2025 yilning oktyabr oyida ilk bor Portugaliyaning 16 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ