«Bavariya» sport direktori Kvaratsxeliyaning jamoa ko'rigida bo'lganini tasdiqladi
9 MAY, 2026, 22:18
Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd «PSJ» hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliyaning ukasi — Tornike Kvaratsxeliya jamoa ko'rigida bo'lganini tasdiqladi.
«U bizning qarorgohimizda bo'lganini tasdiqlay olaman. Tornike sinov tariqasidagi o'yinda ishtirok etdi va jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashdi. U iste'dodli yosh futbolchi. Voqealar rivojini kuzatamiz», — deya Froyndning so'zlarini keltirmoqda Bayern and Germany nashri.
Xabar qilinishicha, Myunxen klubi rahbariyati Tbilisining «Dinamo» klubi a'zosi hisoblangan 16 yoshli hujumchiga shartnoma taklif qilgan.
Ma'lumot uchun, kichik Kvaratsxeliya yaqinda ilk bor Tbilisining «Dinamo» klubi asosiy jamoasi qaydnomasidan joy olgan edi. U Gruziya chempionati 10-turi doirasidagi «Dinamo Batumi»ga qarshi bahsda (2:2) zaxirada qoldirilgan.
