logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino Portugaliyani JCh-2026 favoriti deb atadi: «Bu avlod har qanday jamoadan kuchli»

 9 MAY, 2026, 21:54

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino JCh-2026 oldidan Portugaliya terma jamoasining imkoniyatlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Portugaliya har qanday natijaga qodir. Ularda ajoyib avlod shakllangan. Jamoa o'tgan yili Millatlar ligasida zafar quchdi. 2016 yilgi Evropa chempionligini qo'lga kiritgan tarkibga qaraganda, hozirgi avlod texnik jihatdan ancha kuchliroq. Albatta, Karlo Anchelotti boshqarayotgan Braziliya va Argentina kabi da'vogarlar bor, biroq Portugaliya bu yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqishga qodir», — deya Mourinoning so'zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi. Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqada Portugaliya guruh bosqichida Kongo, O'zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ