logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Diego Simeone «Atletiko»ning maqsadlari va EChLdan chiqib ketgani haqida gapirdi

 9 MAY, 2026, 19:30

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning mavsumdagi natijalari va asosiy maqsadlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini kafolatlash muhim, biroq klub doimo yuqoriroq maqsadlarni ko'zlaydi. «Asosiy maqsadimiz, xuddi «Barselona» va «Real» kabi chempionlik uchun kurashishdir», — dedi Simeone.

Murabbiy yakunlanayotgan mavsumni «tushuntirish qiyin bo'lgan murakkab davr» deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa Kubok bahslarida penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi chorak finalda bor kuchini sarflab, ajoyib o'yin ko'rsatgan. Biroq yarim finalda «Arsenal»ga mag'lub bo'lib (umumiy hisob 1:2), musobaqani tark etish jamoa uchun katta zarba bo'lgan.

«Maqsadga shunchalik yaqin kelib, to'xtash juda alamli. Lekin ikki kunlik g'azabdan keyin biz yana kurashishda davom etamiz», — deya qo'shimcha qildi murabbiy.

Ma'lumot uchun, hozirda «Atletiko» La Liga turnir jadvalida 63 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ