logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Mbappe atrofidagi vaziyatga to'xtalib o'tdi

 9 MAY, 2026, 15:18

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuv sodir bo'lgan kuni klub bazasini kulib tark etgan hujumchi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

«Bu voqealarni kontekstdan yulib olishga bo'lgan urinish. Bu shunchaki vaziyatdan foydalanib, hamma narsani bo'rttirib ko'rsatishdir. Barcha madridchilar Mbappening «Real Madrid»ga o'tishi uchun qanchalik harakat qilganini yaxshi bilishadi, chunki avvalgi klubida unda hamma narsa bor edi. U o'z orzusidagi klubda bo'lish uchun ko'p narsani qurbon qilishiga to'g'ri kelgan», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Avvalroq internetda «Real» rahbariyatidan Mbappeni sotishni so'rab petitsiya paydo bo'lgan edi. Uni bir necha million muxlis imzolagan.

10 may kuni «Real» safarda «Barselona» bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ