logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Fulxem» Marku Silvaga yangi shartnoma taklif qildi

 9 MAY, 2026, 14:48

«Fulxem» bosh murabbiyi Marku Silva London klubi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha taklif oldi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, londonliklar portugaliyalik mutaxassisga uch yillik yangi bitim taklif qilishgan, biroq murabbiy hozircha javob bergani yo'q. Silva klub rahbariyatiga o'ylab ko'rish uchun vaqt kerakligini aytgan.

Ehtimol, shu yozda ko'plab yirik klublar, jumladan, «Chelsi», «Benfika» va «Real» yangi murabbiy qidirishni boshlaydi. Silva esa mansab pillapoyalaridan yuqoriroqqa ko'tarilish maqsadida yaxshiroq taklif kutishni istamoqda.

Marku Silva 2021 yildan beri «Fulxem»ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Premer-liganing 35 turidan so'ng poytaxt klubi 48 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ