logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xau: «Nyukasl» so'nggi o'yinlarda g'alaba qozonishni istaydi»

 9 MAY, 2026, 14:24

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau mavsumning qolgan so'nggi o'yinlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bizning butun e'tiborimiz qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishga qaratilgan. Ushbu haftada yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlar a'lo darajada mashg'ulot o'tkazishdi, ularning kayfiyati va yondashuvi joyida», — deya Xauning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Mavsum yakunlanishiga uch tur qolganida «Nyukasl» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Biroq jadvaldagi zichlik shu darajadaki, jamoada evrokuboklarga yo'llanma olish uchun hali ham nazariy imkoniyatlar saqlanib qolgan. Qolgan bahslarda «Nyukasl» «Nottingem Forest», «Vest Xem» va «Fulxem» jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ