logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL top-klubi Grinvudni kuzatmoqda

 9 MAY, 2026, 14:24

«Marsel» qanot hujumchisi Meyson Grinvud mavsum yakunlanganidan keyin jamoani aniq tark etadi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, 24 yoshli vinger avvalroq OAVda yozilganidek «Manchester Yunayted»ga qaytmasligi ta'kidlanmoqda. Ayni damda «qizil iblislar» o'z tarbiyalanuvchisini orqaga qaytarish masalasini ko'rib chiqishayotgani yo'q. Biroq Premer-liganing nomi oshkor etilmagan boshqa bir klubi Grinvud transferi imkoniyatlarini o'rganayotgani aytilmoqda, lekin hozircha bu borada aniq qadamlar tashlanmagan.

Joriy mavsumda Grinvud barcha turnirlarni hisobga olgan holda 43 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 bor ishg'ol qildi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ