logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Murabbiy butalar orasidan raqib mashg'ulotini kuzatgani uchun ish ochildi

 9 MAY, 2026, 11:48

Angliya futbol ligasi CHempionship pley-offi doirasida "Midlsbro"ga qarshi o'yin oldidan noqonuniy ishlari uchun "Sautgempton" ustidan tergov ishlarini boshladi.

APLga chiqish uchun bo'ladigan ilk o'yin shanba kuni "Riversayd" stadionida, javob bahsi esa seshanba kuni "Sent-Meri"da o'tkaziladi.

"BBC Sport" nashri malumotiga ko'ra, payshanba kuni "Sautgempton" klubi tahlilchi murabbiyi "Midlsbro"ning mashg'ulotlarini yashirincha videoga olayotgan vaqtda ushlangan. U klub ishchilari tomonidan butalar orasidan olib chiqilgan va video o'chirib, klub hududidan chiqib ketishi talab qilingan. "Midlsbro" klubi bu borada ligaga murojaat qilgan.

"Daily Mail" malumotiga ko'ra, murabbiy butalar orasida yashirinib olib, mashg'ulotni videoga olayotgan bo'lgan. SHundan keyin u stadionga unchalik uzoq bo'lmagan, "Midlsbro" klubi egasiga tegishli bo'lgan "Rockliffe Hall" mehmonxonasiga ketgan.

Ushbu holat borasida "Midlsbro" tergov ishlarini boshlashni talab qilgan va bu EFL qoidalarini buzish bilan tenglashtirilgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ