logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barsa»ga «Tottenxem» himoyachisi taklif qilindi

 9 MAY, 2026, 08:24

«Barselona»ga «Tottenxem»ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Luka Vushkovich taklif qilindi. Futbolchi hozirda ijara asosida «Gamburg»da to'p tepmoqda.

Ushbu transferni mashhur futbol agenti Pini Zaxavi ilgari surmoqda, biroq xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash hozircha «blaugrana» rejalariga kirmaydi. «Kamp Nou»dagilar «Inter»dan Alessandro Bastoni yoki «Tottenxem»dan Kristian Romero kabi tajribali himoyachini sotib olishni afzal ko'rishmoqda.

Bundan tashqari, «shporlar» Vushkovichni sotish emas, balki u bilan shartnomani uzaytirish niyatidalar. Biroq jamoa Chempionshipga tushib ketsa, fikrlari o'zgarishi mumkin.

O'tgan yozda «Tottenxem» himoyachini «Xayduk»dan 11 million evroga sotib olib, darhol Bundesligaga ijaraga yuborgan edi. Bir yil ichida o'yinchining bozor bahosi 60 million evrogacha ko'tarildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ