logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Manchester Yunayted» qanday xursand bo'lganini ko'ring»

 9 MAY, 2026, 07:42

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasiga muddatidan oldin yo'llanma olishning muhimligini ta'kidladi. «Shaharliklar» xuddi «Arsenal» va «Manchester Yunayted» kabi kelasi mavsumda eng nufuzli evrokubokda ishtirok etishini naqd qilib bo'lishgan.

«Biz Chempionlar ligasiga oldindan kvalifikatsiya qildik va bu juda muhim. O'tgan turda «Liverpul» ustidan qozonilgan g'alabadan keyin «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasiga chiqqanini qanday nishonlaganini bir ko'ring!» — dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Uchinchi o'rinda borayotgan «qizil iblislar»dan farqli o'laroq, «Siti» hali ham chempionlik uchun kurashmoqda. Gvardiola jamoasi 71 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda va zaxirasida bitta o'yin bo'lgani holda peshqadam «Arsenal»dan besh ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ