Kubarsi Ispaniya terma jamoasining JCh-2026dagi imkoniyatlarini baholadi
9 MAY, 2026, 07:24
«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi bo'lajak jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining istiqbollari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Evropaning amaldagi chempionlari guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar.
«Menimcha, so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlarni hisobga olsak, Ispaniya turnir favoritlaridan biri hisoblanadi. Jamoamiz — haqiqiy oila, bu esa sovrinlar uchun kurashda jiddiy ustunlik beradi. Bizda ajoyib tarkib bor va jahon chempionatiga boradigan har bir futbolchi mamlakatimizni xursand qilish uchun bor kuchini beradi», — deya Kubarsining so'zlarini Barca Buzz nashri keltirmoqda.
«Qizil furiya» o'z tarixida bir marta — 2010 yilda mundial g'olibiga aylangan.
