Sherki Gvardiola bilan ishlashdan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi
9 MAY, 2026, 07:18
«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqidagi fikrlarini bildirdi. Frantsiyalik futbolchi Ispaniyalik murabbiyning printsiplariga «mos kelmasligi» haqidagi taxminlarga qaramay, Angliyadagi debyut mavsumida o'zini yorqin ko'rsata oldi.
«Pep bilan ishlash — bu o'zgacha tuyg'u. Uning futbolga bo'lgan qarashi, ya'ni doimiy ravishda to'pga egalik qilish, doim hujum qilish va ijodkorlik menga juda yaqin. Murabbiy bizga katta erkinlik beradi, maydonda o'z iqtidorimizni ko'rsatishimizga imkon yaratadi», — deya Sherkining so'zlarini City Report nashri keltirmoqda.
Shanba kuni «shaharliklar» o'z uyida «Brentford»ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
