logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bartomeu: «Barselona» Vinisius bo'yicha kelishuvga erishgan edi»

 9 MAY, 2026, 07:06

«Barselona»ning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu klub qanday qilib Madridning «Real» klubi hozirgi yulduzi Vinisius Juniorni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgani haqida gapirib berdi. Braziliyalik futbolchi 2018 yilda «Flamengo»dan «qaymoqranglilar» safiga borib qo'shilgan edi. Hujumchining faoliyati butunlay boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi.

«Bizda Vinisiusning transferi bo'yicha kelishuv bor edi. Keyinroq «Real» aralashdi va ehtimol yaxshiroq taklif berib, uni bizdan ilib ketdi», – deya 2014 yildan 2020 yilgacha Kataloniya grandiga rahbarlik qilgan Bartomeuning so'zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

«Real» tarkibida Vinisius ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va uch marta La Ligada zafar quchdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ