Gvardiola: «Arteta, Emeri va Glasnerni tabriklayman»
9 MAY, 2026, 07:00
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ingliz klublarining evrokuboklardagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. «Arsenal» Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, «Aston Villa» va «Kristal Pelas» esa mos ravishda Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi finalida o'ynaydigan bo'ldi.
«Arteta va «Arsenal»ni Chempionlar ligasi finaliga chiqqani bilan tabriklamoqchiman — bu ham klub, ham butun ingliz futboli uchun ajoyib natija. «Aston Villa» borasida ham shunday deya olaman: Emeri yana bir bor qanday aql bovar qilmas murabbiy ekanini ko'rsatdi. Evropa ligasida oltita final... «Kristal Pelas»da Glasner bilan ham xuddi shunday holat. Evrokubok finallarida uchta jamoa — bu ingliz futboli uchun ulkan muvaffaqiyat», – deya Gvardiolaning so'zlarini City Xtra nashri keltirmoqda.
Shanba kuni «shaharliklar» Premer-liga bahsida o'z maydonlarida «Brentford»ni qabul qilishadi.
