logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Madueke: «Saka — eng aqlli futbolchilardan biri»

 9 MAY, 2026, 06:48

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Noni Madueke jamoadoshi Bukayo Saka haqida o'z fikrlarini bildirdi. «Chelsi»ning sobiq futbolchisi «kanonirlar»ning hujum o'ng qanotidagi raqobatchisini maqtab, uning yuqori o'yin intellektini alohida ta'kidladi.

«Saka juda aqlli. Shubhasiz, u men ko'rgan futbolchilar ichida eng aqllilaridan biri. Maydonda u doim to'g'ri qarorlar qabul qiladi va boshqalar payqamaydigan narsalarni ko'ra oladi», — deya Maduekening intervyusidan iqtibos keltiradi DailyAFC.

Bukayo Sakaning Madridning «Atletiko» darvozasiga urgan goli (1:0) «Arsenal»ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi. Yakshanba kuni Mikel Arteta shogirdlari Premer-liga doirasida safarda «Vest Xem»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ