logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi faoliyatini davom ettirish va g'alabaga bo'lgan chanqog'i haqida fikr bildirdi

 8 MAY, 2026, 22:06

«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi tez orada 40 yoshga to'lishidan qo'rqish-qo'rqmasligi haqidagi savolga javob berdi.

«Yaqinda 40 yoshga to'lishimdan qo'rquv bormi? Yo'q, ochig'ini aytsam, umuman qo'rqmayman. Men shunchaki borimchaman. Menda motivatsiya kuchli, chunki qilayotgan ishimni yaxshi ko'raman. Futbol o'ynashni sevaman va qo'limdan kelganicha buni davom ettiraman. Men juda raqobatbardoshman. Har doim va hamma narsada g'alaba qozonishni istayman. Shu darajada raqobatbardoshmanki, hatto farzandlarimga ham videoo'yinlarda meni mag'lub etishlariga yo'l qo'ymayman», — deya Messining so'zlarini keltiradi The Touchline.

24 iyun kuni Lionel Messi 39 yoshni qarshi oladi. Hujumchining «Inter Mayami» bilan shartnomasi 2028 yilning yakuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ