logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta: «Bo'lajak o'yinning ahamiyatini tushunib turibmiz»

 8 MAY, 2026, 20:42

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining 36-turidan o'rin olgan «Vest Xem Yunayted»ga qarshi bo'lajak o'yin (10 may) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Bo'lajak o'yinning ikkala jamoa uchun naqadar muhimligini tushunib turibmiz. Nimani istayotganimizni va g'alaba qozonish uchun qanday ishlarni amalga oshirishimiz kerakligini yaxshi anglaymiz.

Men har bir kundan zavq olyapman, yigitlar va klub xodimlari bilan ishlash menga huzur bag'ishlaydi. O'z ishimni yaxshi ko'raman, bu men uchun katta sharaf. O'yinlarga tayyorgarlik ko'rish, hozirgi holatda esa «Vest Xem» bilan bahsga hozirlik ko'rish menga yoqadi. Nima qilishimiz kerakligi, futbolchilar bilan qanday qilib eng yaxshi o'zaro tushunishni shakllantirish, qanday o'yin vaziyatlarini yaratish va agar kerak bo'lsa, o'yin tizginini qanday o'zgartirish haqida o'ylash — bularning barchasi menga zavq beradi», — deya Artetaning so'zlarini keltiradi «kanonirlar» rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, «Vest Xem» va «Arsenal» o'rtasidagi uchrashuv 10 may kuni Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ