logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atalanta» tez orada yangi emblemasini taqdim etadi

 8 MAY, 2026, 20:24

«Atalanta» klubi yaqin orada o'zining yangilangan logotipini namoyish qilishi kutilmoqda.

Klubning ijtimoiy tarmoqlarida videorolik paydo bo'ldi: unda yosh bola yangi emblemaning eskizini chizayotgani tasvirlangan. Videoda muhim sana — 2026 yil 22 may ko'rsatilgan.


Prima Bergamo va Bergamoning boshqa OAVlari bergan ma'lumotlarga ko'ra, yangi logotip doira shaklida bo'lib, undagi yagona element qadimgi yunon mifologiyasi qahramoni va klub ramzi hisoblangan Atalantaning profili (yon tomondan ko'rinishi) bo'ladi. Amaldagi versiya esa oval shaklida bo'lib, unda «Atalanta» va «1907» yozuvlari mavjud edi.


Tarmoqlarda allaqachon klub do'konidagi yangi emblema tushirilgan kepka va xudilarning suratlari tarqalib ulgurdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ