logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi: «Bu raqobat haqiqatan ham juda yorqin kechgan»

 8 MAY, 2026, 20:18

Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan bo'lgan raqobati haqida to'xtalib o'tdi.

«Bu futbol olamining bir qismi edi. Bu tabiiy hol: u «Real»da, men esa «Barselona»da o'ynardim. Klasiko, derbi — ikkalamiz ham jamoaviy va individual sovrinlar uchun kurashardik.

Futbol muhitining o'zi sizni bunga undaydi: raqobatga, u yoki bu tarafni tanlash zaruriyatiga. Bu normal holat va futbol atrofida, xuddi klublar yoki terma jamoalar o'rtasidagi kabi doimo yuzaga keladi. Bularning barchasi faqat sport doirasida va aynan o'sha davrda sodir bo'ldi. Hozir ham zamonaviy futbolchilarni xuddi shunday taqqoslashmoqda. Odamlar o'zlariga yoqqan narsani tanlashadi.

Faoliyatimiz davomida u ham, men ham katta muvaffaqiyatlarga erishdik va bu raqobatimizni yanada kuchaytirdi. Biz doimo aytganmiz — hech qachon yaqin munosabatda bo'lmaganmiz, faqat o'yinlarda yoki qandaydir tadbirlarda kamdan-kam hollarda uchrashib turardik. Biz doimiy ravishda bahslashardik: u g'alaba qozonadimi yoki menmi? Lekin hammasi doim mutlaqo normal bo'lgan.

Endi biz bir-birimizdan uzoqdamiz, har birimizning o'z bosqichimiz va hayot yo'limiz bor. Lekin bu baribir sportning bir qismi va juda buyuk voqea bo'lib qoldi. Odamlar kimni qo'llab-quvvatlashidan qat'i nazar, bu raqobatdan ulkan zavq olishdi. Bu raqobat haqiqatan ham juda yorqin kechgan», — dedi «Inter Mayami» hujumchisi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ