logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kasilyas: «Real» Xabi Alonsoni qaytarishini istayman»

 8 MAY, 2026, 20:06

«Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas madridliklar shu yozda bosh murabbiylik lavozimiga kimni tayinlashi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

«Real»ning keyingi murabbiyi? Men Xabi Alonsoning qaytishini istagan bo'lardim. U — «Bayer» bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan mutaxassis. Agar mendan so'rasangiz, men yana Xabi Alonsoni taklif qilgan bo'lardim», — deya Kasilyasning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso yanvar oyida Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng «Real»dan bo'shatilgan edi. Alonso «qaymoqranglilar» boshqaruvida etti oydan sal ko'proq vaqt davomida ishladi. 2025/2026 yilgi mavsumni madridliklar Alvaro Arbeloa qo'l ostida yakunlamoqdalar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ