Kassano Gasperiniga «Roma»ni tark etishni maslahat berdi
8 MAY, 2026, 19:00
«Roma»ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano Rim klubidagi so'nggi vaziyat haqida o'z fikrlarini bildirdi. Klaudio Raneri va jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini o'rtasidagi to'qnashuv Ranerining direktorlar kengashidagi lavozimidan bo'shatilishiga olib keldi.
«Raneri ketma-ket bema'ni gaplarni gapirdi. «Roma» muxlislarini yaxshi bilgan holda aytamanki, agar keyingi yilda ishlar yomon ketsa, ularning hammasi Gasperinini ayblay boshlaydi. Fridkinlar u uchun kuchli tarkib yig'ib berishlari kerak. «Roma» so'nggi yillarda beshinchi o'rindan yuqoriga ko'tarila olmayapti va agar ular bor e'tiborni Dibalaga qarataverishsa, jamoani hech qanday muvaffaqiyat kutmaydi», — dedi Kassano Viva El Futbol podkastida.
Hozirda «Roma» 64 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
