logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gibbs-Uayt APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

 8 MAY, 2026, 18:54

«Nottingem Forest» sardori Morgan Gibbs-Uayt faoliyatida ilk bor Angliya chempionatining oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilarining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Gibbs-Uayt aprel oyida to'rtta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Uning samarali harakatlari sirasiga «Byornli»ga qarshi o'yinda (4:1) 15 daqiqa ichida qayd etilgan xet-trik, shuningdek, «Sanderlend» bilan bahsdagi (5:0) gol va golli uzatma kiradi.

Ushbu natijalar, «Aston Villa» bilan qayd etilgan durang (1:1) bilan bir qatorda, «o'rmonchilar»ga xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasi) uzoqlashishga yordam berdi.

Gibbs-Uayt «Nottingem Forest» tarixida «Oyning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qo'lga kiritgan ikkinchi o'yinchiga aylandi. Birinchi bo'lib bu natijaga 2024 yilning oktyabr oyida Kris Vud erishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ