logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«RB Leyptsig» o'z yulduzini «PSJ»ga qanchaga sotishi ma'lum bo'ldi

 8 MAY, 2026, 11:36

Frantsiyaning «PSJ» klubi «RB Leyptsig» vingeri Yan Diomandega da'vogarlik qilishda davom etmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, nemis klubi 19 yoshli futbolchini o'z safida saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Biroq, agar «PSJ» 100 million evro miqdorida taklif yuborsa, «RB Leyptsig» o'z asosiy aktivini qo'yib yuborishi qayd etilgan.

Joriy mavsumda Diomande barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Diomandening «RB Leyptsig» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ