Joshuaning sparring sherigi Argon Smakichi - Bahodir Jalolov bilan jang haqida gapirdi
8 MAY, 2026, 11:32
9 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida yirik prof boks oqshomi bo'lib o'tadi.Oqshom doirasida super og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov Xorvatiya vakili Argon Smakichi bilan jang qiladi. Argon bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu juda katta voqelik. Men bu taklifni rad eta olmas edim. Hatto jang uchun maxsus tayyorgarlik ko'rmayotgan bo'lsam ham, doim o'zimni formada ushlashga harakat qilaman. Bugun ilk bor sparring mashg'ulotini o'tkazdim, chunki raqibim juda xavfli — ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov. U bilan jang qilish men uchun juda qiziq va bu chaqiriqqa "yo'q", deb ayta olmasdim. Bu yaxshi sinov bo'ladi. Men Britaniya sahnasida o'zimni ko'rsatmoqchiman. Men u erga qisqa vaqt ichida rozi bo'lib boryapman, agar ularga shunday jangchilar yoqsa, bu men uchun ajoyib imkoniyat. O'z mahoratimni ko'rsatib, kelajakda yanada ko'proq janglarda ishtirok etishga umid qilaman", deydi Smakichi.
Manba: olamsport.com
