«Real»ning etakchi futbolchilaridan biri depressiyaga tushib qoldi
8 MAY, 2026, 11:06
"Real"ning asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan Orelen Chuameni depressiya holatiga tushib qoldi.
Frantsiyalik yarim himoyachi jamoa sardori Federiko Valverde bilan bo'lgan janjalni og'ir qabul qilmoqda. Bu haqda jurnalist Xose Luis Sanches o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Chuameni jamoa kiyinish xonasida eng obro'li va mas'uliyatli futbolchilardan biri hisoblanadi. U Valverdeda unga nisbatan nima uchun bunday dushmanona munosabat borligini tushuna olmayapti. Frantsiyalik futbolchi hodisadan qattiq xafa bo'lgan va ruhiy bosimni og'ir kechirmoqda.
Avvalroq mashg'ulot paytida Chuameni va Valverde o'rtasida janjal yuz bergani, hatto mushttlashuv bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

