«Liverpul», «Chelsi» va «Tottenxem» malilik iste'dod uchun kurashadi
8 MAY, 2026, 10:30
«Lans» yarim himoyachisi Mamadu Sangare yana bir grand klub e'tiboriga tushdi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi «Liverpul»ning transfer maqsadiga aylangan.
Malilik o'yinchi «qizillar» ustozi Arne Slotning talablariga to'liq javob beradi deb hisoblanmoqda. Mamadu Sangarega, shuningdek, Angliya Premer-ligasining boshqa vakillari — «Tottenxem» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.
Mashhur Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 30 mln evroga baholagan. O'tgan yilning yozida «Lans» ushbu futbolchini Avstriyaning «Rapid» klubidan 8 mln evro evaziga sotib olgan edi. Sangare «Lans» safida o'tkazgan 31 ta o'yinda to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
