logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arda Turan: «Shaxtyor» bilan yarim finalga chiqish — men uchun eng baxtli lahza»

 8 MAY, 2026, 10:18

«Shaxtyor» bosh murabbiyi Arda Turan jamoaning Konferentsiyalar Ligasi yarim finaliga chiqishini faoliyatidagi eng baxtli lahza deb atadi.

Kecha Ukraina jamoasi javob uchrashuvida «Kristal Pelas»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnir finaliga chiqa olmadi. Birinchi uchrashuv ham inglizlarning foydasiga (3:1) hal bo'lgan edi.

«Men uchun eng baxtli lahza — aynan hozirgi vaqt, chunki jamoa o'z tarixidagi eng yuqori nuqtaga chiqa oldi», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

U, shuningdek, «konchilar»ning turnirdagi yurishi to'xtaganidan biroz mahzun ekanligini ham tan oldi.

Konferentsiyalar Ligasi finalida «Kristal Pelas» «Rayo Valekano»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ