logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Unai Emeri evrokuboklar finaliga chiqish bo'yicha Karlo Anchelotti, Aleks Fergyuson va Joze Mourinoning natijasini takrorladi

 8 MAY, 2026, 07:30

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri oltinchi marta UEFA Evropa ligasi finaliga yo'l oldi.

Payshanba kuni birmingemliklar o'z maydonida «Nottingem Forest»ni 4:0 hisobida yirik hisobda mag'lub etdi. Ilk o'yindagi 0:1 mag'lubiyatdan keyin ikki o'yin natijasiga ko'ra yarim finalda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

Avvalroq Emeri boshqaruvidagi jamoalar besh marta UEFA Evropa ligasi finaliga chiqib, to'rt marta chempion bo'lishgan. Shu orqali ispaniyalik murabbiy o'zining Evropa Ligasi finallariga chiqish bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi.

Unai Emeri evrokuboklar finaliga chiqish bo'yicha Karlo Anchelotti, Aleks Fergyuson va Joze Mourinoning natijasini takrorladi.

«Aston Villa» UEFA Evropa ligasi finalida nemislarning «Frayburg» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 may kuni Istanbulda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ