logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EL. «Frayburg» o'z maydonida «Braga»ni mag'lub etib, finalga chiqdi

 8 MAY, 2026, 02:48

«Frayburg» o'z maydonida Evropa Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Braga» ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mehmonlar deyarli butun o'yin davomida bir kishi kam bo'lib harakat qilishdi — 6-daqiqadayoq Mario Dorgeles qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Mezbonlar safida Lukas Kyubler dubl qayd etdi. 33 yoshli himoyachi 19 va 72-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Yana bir golga 41-daqiqada Yoxan Manzambi mualliflik qildi.

Portugaliya klubining yagona javob to'pi 79-daqiqada Pau Viktor tomonidan kiritildi.

Ikki o'yin natijasiga ko'ra (birinchi o'yin — 1:2) «Frayburg» zafar quchdi va Evropa Ligasi finaliga yo'l oldi. Germaniya klubi o'z tarixida ilk bor evrokuboklar finalida ishtirok etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ