logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Futzal. Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, chorak finalchilar aniqlandi

 7 MAY, 2026, 23:30

Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasida o'n kun mobaynida o'tkazilgan O'zbekiston kubogi-2026 musobaqasining guruh bosqichi bahslari poyoniga etdi. Bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan kuchli sakkiz jamoaning nomi ma'lum bo'ldi.

Dastlabki besh kunlikda A hamda S guruhlaridan “Maksam-Chirchiq”, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi, BMB PFS hamda “Guliston” jamoalari pley-off bosqichidagi ishtiroklarini rasmiylashtirgani haqida xabar bergandik. May oyining dastlabki haftasida esa B hamda D guruhlaridan ham kurashni davom ettiradigan jamoalarning nomiga aniqlik kiritildi.

D guruhida jamoalar soni to'rtta bo'lganligi bois bahslar uch kun ichida yakunlandi. Oliy liganing uchta jamoasiga birinchilikning kumush medali sovrindorlari raqiblik qildi. Kutilganidek, elita vakillari – “Lokomotiv” hamda “Oil Star” chorak finalchiga aylandi. “Xorazm” esa “Qizilqum” bilan Oliy ligaga o'tish uchrashuvi “repetitsiyasi”ni o'tkazib oldi. Oliy liganing 11-chi jamoasi bilan Birinchi liganing ikkinchi jamoasi o'rtasidagi “norasmiy to'qnashuv”da tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi – 1:1. Ammo o'tish uchrashuvida bu natija ikkala jamoani ham qanoatlantirmasligi aniq.

C guruhida esa ikki yo'llanma uchun “Nasaf”, “Bunyodkor” hamda SQB jamoalari o'rtasida murosasiz kurash kechdi. Qarshiliklar har ikkala raqiblari bilan jangovar durangga imzo chekishdi. “Qaldirg'ochlar” esa “bankchi”larga yutqazib qo'yib, pley-off yo'llanmasidan quruq qolishdi.

Shunday qilib, 12 may sanasida BMB PFC jamoasi O'zbekiston yoshlar terma jamoasini imtihondan o'tkazsa, “Maksam-Chirchiq” Oliy liga debyutanti “Guliston”ga qarshi parketga chiqadi. 13 may sanasida esa muxlislar SQB – “Oil Star”, “Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi murosasiz raqobatning shohidiga aylanishadi. Chorak final o'yinlari Jizzax viloyat futbol akademiyasi sport zalida soat 15:00 hamda 17:00 larda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ