logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» kiyinish xonasidagi janjaldan keyin Kilian Mbappening reaktsiyasi ma'lum bo'ldi (video)

 7 MAY, 2026, 22:30

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa ichidagi navbatdagi mojaro fonida diqqat markaziga tushdi.

Ispaniyaning Sport nashri yozishicha, Valdebebasdagi mashg'ulotdan so'ng, ya'ni avvalroq Orelen Chuameni va Federiko Valverde o'rtasida janjal chiqqanidan keyin, Mbappe klub bazasini yaxshi kayfiyatda tark etgan. Kameralar frantsuz futbolchisining mashg'ulot markazi hududidan chiqib ketayotganda mashina ichida kulayotganini tasvirga olgan.

Ta'kidlanishicha, bu holat “qaymoqranglilar” ichidagi tarang muhit fonida keng muhokamalarga sabab bo'lgan. Avvalroq Chuameni va Valverde o'rtasidagi yana bir to'qnashuvdan keyin klub rahbariyati jamoaning shoshilinch yig'ilishini tashkil qilgani xabar qilingan edi.

Manbaga ko'ra, Mbappe jamoaviy uchrashuvdan keyin bazani birinchi bo'lib tark etgan futbolchilardan biri bo'lgan. Shuningdek, frantsuz futbolchisi tibbiy ko'rikdan o'tgani va “Barselona”ga qarshi o'yinda maydonga qaytishga yaqin ekani aytilmoqda.

Ispaniya OAVlari Mbappe Chuameni bilan Frantsiya terma jamoasidagi davridan buyon yaxshi munosabatda ekanini ham qayd etmoqda. Avvalroq matbuotda har ikki futbolchi Dide Deshamning madridliklar bosh murabbiyi etib tayinlanishi ehtimoliga ijobiy qarayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bundan tashqari, so'nggi kunlarda Mbappe jamoa uchun muhim pallada Italiyaga safar qilgani sababli muxlislar va OAV tanqidiga uchragani ham ta'kidlanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ