logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning ikki futbolchisining ota-onasi Peresga xavotir bilan murojaat qilishdi

 7 MAY, 2026, 20:30

Madridning «Real» klubi ikki futbolchisining ota-onasi farzandlari etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan xavotir bildirib, bevosita klub prezidenti Florentino Peresga murojaat qilishdi. Bu haqda COPE nashrining El Partidazo dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea oilalarning futbolchilarga bo'lgan ta'sirini, shuningdek, Madrid klubidagi davom etayotgan keskin muhitni yana bir bor ko'rsatib bermoqda.

Avvalroq, Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Orelen Tchuameni bilan mushtlashib ketganidan so'ng shifoxonaga tushib qolgani xabar qilingan edi. Shuningdek, «qaymoqranglilar»ning kamida olti nafar futbolchisi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan muloqotni to'xtatgani, ba'zilari esa bir-biri bilan gaplashmayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ