logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Valverdening jarohatiga bir nechta chok tushdi

 7 MAY, 2026, 20:00

Ispaniya matbuoti «Real»ning ikki yarim himoyachisi Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuvni muhokama qilishda davom etmoqda. Futbolchilar o'zaro mushtlashib ketishgan va jamoadoshlari ularni ajratib qolishga majbur bo'lishgan.

Vaziyat davomida Valverde jiddiy jarohat olib, yaqin atrofdagi shifoxonaga yo'l olgan edi. AS nashrining yangi ma'lumotlariga ko'ra, shifoxonada futbolchiga «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hamrohlik qilgan. Urugvaylik futbolchining jarohati tikilgan va qisqa muolajadan so'ng unga uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan 11 ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ