logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» mushtlashuvdan so'ng intizomiy surishtiruv boshladi

 7 MAY, 2026, 19:42

Payshanba kuni Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasida yuz bergan mushtlashuvdan so'ng, «Real Madrid» klubi ikkala futbolchiga nisbatan rasmiy intizomiy ish ochdi.

Jurnalist Melchor Ruisning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, klub rahbariyati yuz bergan holatni jiddiy nazoratga olgan. Eslatib o'tamiz, voqealar quyidagicha rivojlangan:

Chorshanba kuni futbolchilar o'rtasida ilk kelishmovchilik chiqqan, ammo o'shanda ularni tezda ajratib qolishgan edi.

Payshanba kuni ertalab Valverde Tchuameni bilan qo'l berib ko'rishishdan bosh tortgan, mashg'ulot yakunida esa vaziyat mushtlashuvga aylanib ketgan.

Zarba natijasida jarohat olgan urugvaylik futbolchi shifoxonaga borishga majbur bo'lgan.

Endilikda har ikki futbolchi klub tomonidan qattiq sanktsiyalarga duch kelishi mumkin. «Real» ayni damda La Liga doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan safar o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ