Pioli TsSKAdagi ish haqidagi xabarlarga javob berdi
7 MAY, 2026, 17:18
«Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Stefano Pioli Moskvaning TsSKA klubini boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Avvalroq italiyalik mutaxassis Moskva klubida ishlashdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Haqiqatan ham TsSKAda ishlashdan bosh tortdimmi? Yo'q, yo'q, yo'q! Unday emas. Bilasizmi, hozircha hech narsa haqida gapirishni istamayman. Tushunganingiz uchun rahmat!» — dedi Pioli.
Stefano Pioli faoliyati davomida bir qator mashhur klublarni, jumladan, «Milan», «Inter» va «An-Nasr» jamoalarini boshqargan. Uning faoliyatidagi so'nggi klub o'tgan yilning kuzida tark etgan «Fiorentina» bo'lib turibdi.
Hozirda «armiyachilar» jamoa uchun yangi bosh murabbiy izlash ishlarini davom ettirishmoqda.
