Habib «Bavariya» – «PSJ» uchrashuvini Ashraf Hakimiy bilan birga tomosha qildi(foto)
7 MAY, 2026, 16:24
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov, «PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimiy va frantsuz aktyori Malik Bentalla bilan birgalikda «Bavariya» hamda «PSJ» (1:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi.

Ikki o'yin natijasiga ko'ra (6:5) Parij klubi Chempionlar ligasi finaliga yo'l oldi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsida ular Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

