«Chelsi» Delapga o'rinbosarni «PSJ»dan topdi
7 MAY, 2026, 15:42
Hujumchi Liam Delap shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin. Ekrem Konurning bergan ma'lumotlariga ko'ra, London klubi allaqachon forvard o'rniga nomzodlar qidirishni boshlagan.
«Ko'klar»ning e'tibori «PSJ» hujumchisi Gonsalu Ramushga tushgan va ular portugaliyalik futbolchi uchun kurashga qo'shilishga tayyor. Ushbu transfer poygasida Evropaning yana bir nechta jamoalari ham ishtirok etmoqda.
Gonsalu Ramush 2024 yilda «Benfika»dan «PSJ»ga 65 million evro evaziga o'tgan edi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Ramush barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning qiymatini 35 million evroga baholamoqda, Muhammad Saloh.
