logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Polymarket Chempionlar ligasi finali favoritini ma'lum qildi

 7 MAY, 2026, 11:06

Polymarket statistik portali Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi yarim final bosqichi yakunlariga ko'ra turnir g'olibi bo'yicha prognozini e'lon qildi. Manbaga ko'ra, Frantsiya grandi ketma-ket ikkinchi bor bosh sovrinni qo'lga kiritishi kutilmoqda.

7 may holatiga ko'ra jamoalarning Chempionlar ligasida g'olib chiqish ehtimoli:

«PSJ» (Frantsiya) — 57%
«Arsenal» (Angliya) — 43%

2025/2026 yilgi UEFA Chempionlar ligasi yarim finalida «PSJ» ikki uchrashuv natijasiga ko'ra «Bavariya»dan ustun keldi (5:4, 1:1), «Arsenal» esa «Atletiko»ni mag'lub etdi (1:1, 1:0).

Bosh evrokubok finali 30 may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. Parijliklar musobaqaning amaldagi chempionlari hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ