logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ma'lum bo'ldi

 7 MAY, 2026, 10:48

UEFA matbuot xizmati 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvlaridan keyin haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

Ushbu ro'yxatdan «PSJ» himoyachisi Vilyam Pacho hamda «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays o'rin oldi.

Vilyam Pacho «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda (1:1) to'liq 90 daqiqa harakat qildi, ammo protokolda samarali harakat qayd etmadi. Deklan Rays ham gol yoki assist amalga oshirmagan bo'lsa-da, «Arsenal»ning «Atletiko» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, Chempionlar ligasi finaliga chiqishiga yordam berdi.

Chempionlar ligasi finali 30 may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. Parijliklar musobaqaning amaldagi chempionlari hisoblanadi. «Arsenal» esa o'tgan mavsum yarim finalgacha etib borib, keyinchalik trofey sohibiga aylangan jamoaga mag'lub bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ