logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xamzat CHimaev har uch oyda jang o'tkazishga tayyor!

 7 MAY, 2026, 10:32

So'nggi to'rt yilda Xamzat CHimaev yillik taqvim davrida oktagonga bir martadan ko'p chiqmayapti.

Ammo UFC`ning o'rta vazn toifasida amaldagi chempioni, agar tashkilot unga bunday imkoniyat bersa, o'z faolligini sezilarli darajada oshirishga tayyor ekanini aytmoqda. 

"Mendan emas, UFC`dan so'rang. Men uzoq vaqtdan beri tayyor edim, lekin viza masalasida muammolar yuzaga keldi. Endi ular hal bo'ldi va biz tayyormiz - har uch oyda jang qilishimiz mumkin", - dedi CHimaev UFC on Paramount telekanaliga bergan intervyusida.

Xamzat shu kelayotgan yakshanba tongida Nyuarkda bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirida amerikalik sobiq chempion SHon Striklenddan kamarini himoya qiladi. Kecha "Borz" bu jang uning o'rta vazn toifasidagi so'nggi chiqishi bo'lishi mumkinligini tasdiqladi. U Liganing yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. 

Ayni paytda 32 yoshli Xamzat CHimaev vazn toifasidan qati nazar, tashkilotning eng yaxshi jangchilari reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ