«PSJ» sardori Markinos Chempionlar ligasi tarixida braziliyaliklar orasidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordni yangiladi
7 MAY, 2026, 10:30
«PSJ» himoyachisi va sardori Markinos UEFA Chempionlar ligasidagi 121-uchrashuvini o'tkazdi. Bu musobaqaning "Bavariya"ga qarshi yarim final javob bahsida ro'y berdi. Myunxenda bo'lib o'tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Markinos Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan braziliyalik futbolchilar rekordini yangiladi. Avvalgi rekord sobiq «Real Madrid» futbolchisi Roberto Karlosga tegishli bo'lib, u 120 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.
Markinos hozir 31 yoshda. U EChL doirasidagi 121 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi barcha o'yinlarni faqat «PSJ» safida o'tkazgan.
Titul uchun bahsda parijliklar Londonning «Arsenal» klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 30 may kuni Vengriyada bo'lib o'tadi.
