logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabian Ruis: «Ketma-ket ikkinchi chempionlikkacha bir qadam qoldi»

 7 MAY, 2026, 09:30

«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis Chempionlar ligasi finaliga chiqqanlaridan keyin o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Luis Enrike jamoasi «Bavariya» to'sig'idan o'tdi — Myunxendagi 1:1 hisobidagi durang final uchun kifoya qildi. Parijda kechgan dastlabki uchrashuvda frantsuz klubi 5:4 hisobida g'alaba qozongan edi.

«Yuqori darajadagi jamoaga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik. Biz juda mamnunmiz. «Bavariya» bilan uning maydonida mana shunday o'yin ko'rsatish — katta natija. Ishlashda davom etishimiz kerak. Chempionlar ligasidagi ketma-ket ikkinchi g'alabamizgacha atigi bir qadam qoldi. Finalda oson bo'lmaydi», — dedi Ruis PSGTV ga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ