logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Enrike: «Bugun himoyamiz hujumdan ko'ra kuchliroq edi»

 7 MAY, 2026, 03:42

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasida safarda «Bavariya» bilan qayd etilgan durangdan (1:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Parijliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:5 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

«Bu ajoyib xotira bo'lib qoladi. O'yin juda shiddatli o'tdi. Himoyamiz hujumdan ko'ra yaxshiroq harakat qildi. «Bavariya» kabi jamoaga qarshi bahsda ko'rsatgan xarakterimiz — bu juda ijobiy holat. Ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi finaliga chiqqanimizdan baxtiyormiz.

Juda qiyin bo'ldi. «Bavariya» yuqori darajada o'ynaydi. Ikkala jamoa ham bir-biriga o'xshash, biz yuqori pressingni yaxshi ko'ramiz. Natijadan juda mamnunmiz. Ikki kundan keyin tug'ilgan kunim. Men baxtliman. Finalga chiqdik va endi muxlislarimizga haqiqiy sovg'a taqdim etmoqchimiz», — deya Enrikening so'zlarini keltirmoqda BBC.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» 30 may kuni EChL finalida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ