logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning olti nafar yulduzi Arbeloa bilan gaplashmay qo'ydi

 7 MAY, 2026, 03:24

«Real» ichida vaziyat notinch. So'nggi kunlarda jurnalistlar futbolchilar o'rtasidagi bir yo'la ikkita mojaro haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilishdi. Jumladan, chorshanba kungi mashg'ulotlarda Orelen Tchuameni va Federiko Valverde deyarli mushtlashib ketishiga bir bahya qoldi.

«Real» og'ir davrni boshdan kechirmoqda, jamoa ichidagi bo'linish esa tobora yaqqolroq sezilmoqda. Marca nashrining xabar berishicha, klubda bir-biri bilan deyarli gaplashmaydigan o'yinchilar guruhlari paydo bo'lgan.

Shuningdek, murabbiy Alvaro Arbeloa bilan muloqotda ham murakkab vaziyat yuzaga kelgan. «Ish shu darajaga etdiki, olti nafarga yaqin futbolchi u bilan umuman gaplashmayapti», — deyiladi maqolada.

Yakshanba, 10 may kuni «Real» safarda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ