Kvaratsxeliya: «Bu mavsumdagi eng og'ir o'yin bo'ldi»
7 MAY, 2026, 03:18
Myunxenda «Bavariya» bilan qayd etilgan durang (1:1) «PSJ»ga ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasi finaliga chiqish imkonini berdi. Javob o'yinidan so'ng parijliklar hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya o'z fikrlarini bildirdi.
«Finalda ekanimizdan juda xursandman. «Arsenal»ga qarshi o'yin og'ir kechishini bilamiz. «Bavariya» — ayni damda dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu juda murakkab bo'ldi. Mavsumdagi eng og'ir o'yinimizni o'tkazdik. Biz bunday jamoalarga qarshi o'ynay olishimizni ko'rsatdik. Men ushbu klub uchun borimni beraman», — deya Kvaratsxeliyaning so'zlarini keltirmoqda BBC.
Chempionlar ligasining «PSJ» va «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi 30 may, shanba kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi.
