logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. «PSJ» ikkinchi bor ketma-ket finalda: Myunxendagi durang parijliklarga yo'llanma taqdim etdi

 7 MAY, 2026, 02:12

«PSJ» Chempionlar ligasi 2025/26 yilgi mavsumi yarim final javob uchrashuvida safarda «Bavariya» bilan durang o'ynadi — 1:1. Uchrashuv «Alyants Arena» stadionida bo'lib o'tdi.

O'yindagi ilk gol muallifi uchinchi daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilgan hujumchi Usmon Dembele bo'ldi. 90+4-daqiqada esa «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn hisobni tenglashtirdi.

Parijda o'tgan dastlabki bahs «PSJ»ning 5:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi va ikki o'yin natijasiga ko'ra (6:5) Frantsiya klubi Chempionlar ligasi finaliga yo'l oldi. «PSJ» o'z tarixida uchinchi bor turnirning hal qiluvchi bahsida ishtirok etadi. Ma'lumot uchun, 2024/25 yilgi mavsumda klub ilk bor EChL g'olibiga aylangan edi.

Chempionlar ligasi 2025/26 yilgi mavsumi finalida «PSJ» «Arsenal» bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo'lib o'tadi.

«BAVARIYa» (Germaniya) — PSJ (Frantsiya) — 1:1
(Umumiy hisob — 5:6)

Gollar: Usmon Dembele 3 (0:1), Harri Keyn 90+4 (1:1).

«Bavariya»: Noyer, Upamekano (Karl, 85), Ta (Kim Min Dje, 68), Stanishich (Deyvis, 68), Laymer, Kimmix, Pavlovich, Musiala (Djekson, 79), Dias, Olise, Keyn.

PSJ: Safonov, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh (Mayulu, 85), Zair-Emeri, Vitinya, Joau Nevesh, Ruis (Beraldo, 76), Kvaratsxeliya, Due (Ernandez, 76), Dembele (Barkolya, 65).

Ogohlantirishlar: Ta (33), Dias (78), Kimmix (90) — Nunu Mendesh (8), Kvaratsxeliya (45), Markinos (86).

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ